ZARMED University · Kadrlar boʻlimi
Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat ZARMED University Karyera portali orqali nomzodlardan yigʻiladigan shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash tartibini belgilaydi.
1. Umumiy qoidalar
Karyera portali orqali vakansiyaga ariza topshirishda siz shaxsga doir maʼlumotlaringizni taqdim etasiz. Bu maʼlumotlar faqat ishga qabul jarayoni doirasida qayta ishlanadi va Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq himoyalanadi.
2. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
- Shaxsiy maʼlumotlar: familiya, ism, otasining ismi, tugʻilgan sana, jinsi, fuqaroligi;
- Identifikatsiya: JShShIR, pasport / ID karta maʼlumotlari;
- Kontakt maʼlumotlari: telefon, elektron pochta;
- Taʼlim va ish tajribasi, malaka maʼlumotlari;
- Yuklangan hujjatlar: rezyume, diplom nusxasi va boshqa hujjatlar.
3. Maʼlumotlardan foydalanish maqsadi
Maʼlumotlar faqat nomzodni vakansiyaga muvofiqligini baholash, saralash va ishga qabul qilish jarayonini tashkil etish maqsadida ishlatiladi. Maʼlumotlar marketing yoki uchinchi shaxslarga sotish maqsadida ishlatilmaydi.
4. Rozilik
Ariza yuborishdan oldin siz maʼlumotlaringiz qayta ishlanishiga oʻz roziligingizni bildirasiz. Rozilik bildirmasdan arizani yuborish mumkin emas. Roziligingizni istalgan vaqtda quyidagi aloqa kanallari orqali qaytarib olishingiz mumkin.
5. Saqlash va xavfsizlik
Nomzodlarning shaxsga doir maʼlumotlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi. Maʼlumotlarga faqat vakolatli HR xodimlari cheklangan tarzda kirish huquqiga ega. Maʼlumotlar shifrlash va boshqa texnik himoya choralari bilan taʼminlanadi.
6. Saqlash muddati
Maʼlumotlar ishga qabul jarayoni yakunlanmaguncha, kadrlar zaxirasi uchun rozilik berilgan boʻlsa — belgilangan muddat davomida saqlanadi. Muddat tugagach yoki rozilik qaytarib olinganda maʼlumotlar arxivlanadi yoki oʻchiriladi.
7. Nomzodning huquqlari
Siz oʻz maʼlumotlaringiz bilan tanishish, ularni tuzatish yoki oʻchirishni talab qilish huquqiga egasiz. Buning uchun quyidagi aloqa manzillariga murojaat qiling.
8. Aloqa
Kadrlar (HR) boʻlimi · +998 55 704 70 70 · info@zarmeduniver.com · Samarqand, Oʻzbekiston.
